FIFA sobiq rahbari millionlab mablag‘larni o‘zlashtirishda ayblanmoqda
Sport
−
22 dekabr 2020
4059Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Jahon futboli muzeyini yaratishga millionlab dollar sarflangani sababli tashkilotning sobiq prezidenti Yozef Blatter ustidan prokuraturaga shikoyat qildi. Bu haqda FIFA bayonotida aytilgan.
FIFA’ning Butunjahon futbol muzeyi 2016 yilda Syurix shahri markazida ochilgan. 1970 yillarda qurilgan ofis binosini ta’mirlash va ijaraga berishga jami 140 million dollar sarflangan.
FIFA tashkilotning sobiq rahbariyati va ular tomonidan tayinlangan kompaniyalarni jinoiy boshqaruvda aybladi. Blatter Syurix markazida muzey yaratilishining asosiy mafkurachisidir. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, shveysariyaliklar FIFA’ga bino egasi – sug‘urta kompaniyasi “Swiss Life” bilan 2045 yilgacha 360 million dollar to‘lashni talab qiladigan ijara shartnomasini tuzishni buyurgan. Xalqaro federatsiya bu miqdor o‘rtacha bozor narxidan sezilarli darajada yuqori ekanini ta’kidlamoqda.
FIFA ish Syurixning kantonal prokuraturasiga o‘tkazilganini ta’kidladi.
Avvalroq federal prokuratura Blatterga qarshi ikkita jinoiy ish ochgan edi. Xususan, u 2011 yilda ushbu tashkilot vitse-prezidenti va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Mishel Platiniga 2 million dollar pora berganlikda ayblanmoqda. Shuningdek, u 2011 yilda Trinidad va Tobago federatsiyasi rahbari, FIFA vitse-prezidenti Jek Uornerga o‘sha paytda 1 million dollar miqdorida pora berganlikda gumon qilinmoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu pora FIFA prezidentlik saylovlarida uning nomzodini yoqlab ovoz berish uchun mo‘ljallangan.
LiveBarchasi