FIFA reytingida O‘zbekiston bir pog‘ona pastladi
Sport
−
11 fevral 2022 3490 2 daqiqa
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA tomonidan e’lon qilinadigan reytingda 85-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan oyga nisbatan bir pog‘ona past degan.
10 fevral kuni e’lon qilingan jadvalda kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Belgiya – 1828,45 (ball)
2. Braziliya – 1823,42
3. Fransiya – 1786,15
4. Argentina – 1766,99
5. Angliya – 1755,52
6. Italiya – 1740,77
7. Ispaniya – 1704,75
8. Portugaliya – 1660,25
9. Daniya – 1654,54
10. Niderlandiya – 1653,73
Germaniya terma jamoasi o‘tgan yilning dekabr oyida e’lon qilingan reytingda ham kuchli o‘ntalikdan joy olmagan edi. Bu safar “nemis mashinasi” 1648,33 ball to‘plagan holda 11-pog‘onada qayd etilgan.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA'ning 2021yil 23 dekabr holatiga ko‘ra, e’lon qilingan reytingida 84-pog‘onada e’tirof etilgan bo‘lsa, yangilangan reytingda bitta pozitsiya pastga tushdi. 1277,02 ochko bilan 85-o‘rinni egalladi. Osiyo termalari orasida esa 11- pog‘onani band qildi. Bizdan oldinda turgan Osiyo termalari bilan tanishing:
1. (21) FIFA reytingidagi o‘rni) Eron
2. (23) Yaponiya
3. (29) Janubiy Koreya
4. (37) Avstraliya
5. (52) Qatar
6. (53) Saudiya Arabistoni
7. (69) BAA
8. (74) Iroq
9. (75) Xitoy
10. (79) Ummon
Ko‘p hollarda, FIFA reytingi asl holatni o‘zida aks ettirmaydi. Shunga qaramasdan, o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlardagi yaxshi natijalar termalarga qimmatli ballarni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘yishiga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 2006 yilning noyabr oyida ushbu reytingning 45 pog‘onasida qayd etilgan. Bu bizning eng yuqori o‘rnimiz hisoblanadi. 1996 yil avgust oyida 119 o‘rinda qayd etilganmiz. Bu termamiz tarixidagi eng past ko‘rsatkichdir.
Abdumalikov Ma’ruf
Live
Barchasi