FIFA AQSH Adliya vazirligidan katta miqdorda tovon puli oladi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyalarining assotsiatsiyasi (FIFA) o‘zidagi korrupsiya holatlari sababli AQSH Adliya vazirligidan 92 million dollar tovon puli oladi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xalqaro futbol federatsiyalarining assotsiatsiyasi rasmiylari ham bo‘lgan global futbol korrupsion sxemalari tufayli ko‘rilgan zarar miqdori aynan 92 million dollarni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, bu AQSH Adliya vazirligining FIFA'ga birinchi to‘lovi emas. 2021 yilning avgust oyida FIFA vazirlikdan 201 million dollar olgan. Pullar korrupsiyada ayblanib jinoiy javobgarlikka tortilgan FIFA sobiq amaldorlarining bank hisob raqamlaridan olib qo‘yilgan.

“Ushbu 92 million dollarlik zararni qoplashda FIFA'ning sobiq korrupsioner amaldorlarning aktivlarni musodara qilish muhim vosita bo‘ldi”, deyiladi AQSH Adliya vazirligi bayonotida.

Avvalroq, FIFA joriy yilning kuzida Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida o‘yindan tashqari holatni avtomatik aniqlovchi texnologiyani sinovdan o‘tkazmoqchiligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing