FIFA 23 ning reytingi eng baland futbolchilari e’lon qilindi

Sport

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining “EA Sports” (Electronic Arts)  kompaniyasi FIFA 23 kompyuter o‘yinining eng yaxshi futbolchilaridan iborat reytingini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.

Reytingda birinchi o‘rinni PSJ va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Kilian Mbappe egallagan. Uning umumiy reytingi 91 ballga teng. Xuddi shuncha ball Karim Benzema (“Real Madrid”), Lionel Messi (PSJ), Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”) va Robert Levandovskiga ham berilgan.

Bu yilgi mavsumda ha deganda “ketmoni uchmayotgan” “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu yuqoridagi futbolchilardan pastroqqa baholangan. Ronalduning elektron o‘yindagi bahosi 90 ballga teng.

FIFA 23 da eng yuqori ballga ega bo‘lgan 10 nafar futbolchi bilan tanishing:

1. Kilian Mbappe — 91 (ball);

2. Karim Benzema — 91;

3. Kevin De Bryuyne — 91;

4. Lionel Messi — 91;

5. Robert Levandovski — 91;

6. Krishtianu Ronaldu — 90;

7. Muhammad Saloh— 90;

8. Manuel Noyer — 90;

9. Virjil van Deyk — 90;

10. Tibo Kurtua — 90.

Qayd etish joizki, FIFA 23 “EA Sports”ning shunday nom ostidagi so‘ngi o‘yini bo‘ladi. Sababi Amerika kompaniyasi FIFA bilan 1993 yilda boshlagan hamkorligini 2023 yildan boshlab to‘xtatadi. Kelgusi yildan o‘yinlar seriyasi EA SPORTS FC nomi ostida chiqariladi.

Топ-23 игрока в FIFA 23

Топ-23 игрока в FIFA 23

Ma’lumot uchun, “EA Sports” kompaniyasiga 1993 yilda asos solingan. Ular futboldan tashqari MMA, basketbol, xokkey va Amerikancha futbol kabi sport turlariga ham seriyali o‘yinlar ishlab chiqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Kilian Mbappe Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing