Fiat-Chrysler O‘zbekistonda avtomobil zavodini qurmoqchi
Jamiyat
−
12 avgust 2019
4998“Fiat Chrysler Automobiles” Italiya-AQSH avtokonserni O‘zbekiston avtosanoatiga investitsiya kiritmoqchi va bu orqali O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni tashkil etmoqchi.
Mazkur kompaniya vitse-Prezidenti Yusuf Hajasga ko‘ra, O‘zbekistonda korxona ochish uchun qo‘llanma sifatida kompaniya tomonidan Turkiyada amalga oshirilgan Tofaş loyihasidan foydalanish taklif etilyapti.
Tofaş – yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi turk kompaniyasi bo‘lib, U “Fiat Chrysler Automobiles” va “Koç Holding”ga tegishlidir. Kompaniya Turkiyada yengil, hamda yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya hisoblanadi. “Tofaş”, “Fiat”, “Citroen”, “Peugeot”, “Opel” va “Vauxhall” brendlari ostida avtomobillar yetkazib bermoqda.
O‘zbekiston "Fiat" brendida "Tipo", "Fiorino" va "Doblo" modellarini ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi korxona manzili uchun eng maqbul joy deb topilgan.
LiveBarchasi