Feruza Jumaniyozova og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
24 aprel 2024 55173 1 daqiqa
Xorazmlik taniqli xonanda Feruza Jumaniyozovaning onasi Zuhra Jumaniyozova vafot etdi. Bu haqda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi matbuot xizmati xabar berdi.
Zuhra Jumaniyozova 1958 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. U uzoq yillar davomida xalfachilik yo‘nalishida ijod qilgan. Zuhra ona qizi Feruzaning san’atdagi birinchi ustozi bo‘lgan. Feruza Jumaniyozova 3 yoshligidan boshlab onasidan cholg‘u asboblarini chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Zuhra Jumaniyozova qandli diabet va qon bosimi bilan bog‘liq kasalliklardan aziyat chekkan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr