Fermerlarning bo‘shagan yerlari aholiga ijaraga berilishi mumkin. SSP qaror qonunga zidligini aytmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat klasterlari va fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi g‘alladan (paxtadan) bo‘shagan yer maydonlarini aholiga ijaraga berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori (ID-47611) loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha bilan agrosanoat klasterlari va fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi g‘alladan (paxtadan) bo‘shagan yer maydonlarini aholiga berish tartibini belgilash nazarda tutilgan.

Savdo-sanoat palatasi loyihani jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasini berdi.

Qaror loyihasiga ko‘ra:

  • agrosanoat klasterlari va fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi g‘alladan (paxtadan) bo‘shagan yer maydonlarini aholiga berish tartibi tasdiqlanada;
  • yerni ijaraga olishi mumkin bo‘lgan talabgorlar ro‘yxatiga “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilganlar, ishsizlar, tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanayotgan va qo‘shimcha yer maydoni ajratilishini so‘rab murojaat qilgan mehnatga layoqatli fuqarolar kiritilgan;
  • talabgorga ajratib berilgan maydonlar hisobidan g‘alla (paxta) hosilini yetishtirishning ko‘zlangan hajmlari kamaytirilmaydi;
  • Yer uchastkalarini ijaraga berish mazkur yer uchastkasini 10 yil muddatga ijaraga berish namunaviy shartnomasi asosida rasmiylashtiriladi.

Palata jamoatchilik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, qaror loyihasi Yer kodeksiga zid ekanini ma’lum qildi. Kodeksga zid qolarlar quyidagilar:

  • Yer kodeksi 39-moddasiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga berish yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari hisoblanadi;
  • Kodeksning 242-moddasiga asosan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin;
  • “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 34-modasiga ko‘ra, davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga ko‘rsatmalar va boshqa farmoyishlar berishga haqli emas.

SSP yuqoridagi holatlar sabab mazkur loyihani ushbu tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing