Fergyusonning “o‘g‘li” uyga qaytdi: Ronaldu ilk o‘yinda dublga erishdi (video)

Sport

image

“Manchester Yunayted”ga qaytgan Krishtianu Ronaldu “Old Trafford”da ikkita gol urdi.

U “Nyukasl” jamoasiga qarshi o‘tayotgan bahsning 47-daqiqasida darvozabonning xatosidan foydalanib, hisobni ochdi. Ushbu vaziyatda Meyson Grinvud darvoza tomon zarba yo‘lladi va raqib posboni to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi

Ikkinchi taymda “Nyukasl” futbolchisi Mankilo hisobni tenglashtirdi. Biroq 62-daqiqada MYU futbolchilari tezkor qarshi hujumda hisobda oldinga chiqib oldi. Lyuk Shouning uzatmasidan so‘ng, Ronaldu darvozabonning oyoqlari orasidan gol urib, dublni rasmiylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliyalik futbolchi ilk marta 2008 yilda aynan “Nyukasl” darvozasini 3 bor ishg‘ol qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

493

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing