Fedor Yemelyanenkoning oxirgi jangi Rossiyada o‘tkazilmaydi
Sport
−
01 avgust 2022
4834Rossiyalik og‘ir vaznli MMA jangchisi Fedor Yemelyanenkoning so‘nggi jangi vatanida o‘tkazilmaydi. Bu haqda “Bellator” promoushenidagi o‘z manbalariga tayanib, TASS agentligi xabar berdi.
“Biz hali ham Fedorning karerasidagi so‘nggi jangi sanasi va raqibi ustida ishlayapmiz. Ammo jang Rossiyada bo‘lmasligini aniq tushunamiz ”, degan agentlikning “Bellator”dagi manbasi.
Qayd etish kerakki, “Bellator” prezidenti Skott Koker Fedor Yemelyanenko so‘nggi jangida Rayan Beyderga qarshi jang qilishi mumkinligini aytgan. Biroq bu to‘qnashuv rasman tasdiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, Fedor MMA'dagi professional faoliyati davomida 47 ta jangda ishtirok etib, 40 ta g‘alaba qayd etgan. Shuningdek, Yemelyanenko sambo bo‘yicha 3 karra Jahon chempioni hisoblanadi.
LiveBarchasi