Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov joriy yilning 26 iyun kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Fazliddin professional ringdagi 11-jangida amerikalik Kvinton Rendall bilan bahs olib boradi. 

Ma’lumot o‘rnida, G‘oibnazarov shu kungacha professional boksda jami 10 ta jang o‘tkazgan, ularning 9 tasida g‘alaba qozonib, 1 marotaba mag‘lubiyatga uchragan. Uning raqibi Kvinton esa sakkizta jangda ishtirok etib, barchasida g‘olib bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Las-Vegas shahrida o‘tkazilayotgan boks kechasining markaziy janggi ukrainalik Vasiliy Lomachenko va yaponiyalik Masayoshi Nakatani o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Mohinur Mamatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing