Fazliddin G‘oibnazarovda ilk mag‘lubiyat
Sport
−
12 may 2019
7858O‘zbekistonlik Olimpiya chempioni, 27 yoshli Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Boksning super yengil vazn toifasida jang olib boradigan Fazliddin Arizonada amerikalik 23 yoshli bokschi Maykl Foks bilan jang o‘tkazdi.
O‘zidan ancha novcha raqib bilan jang o‘tkazgan o‘zbekistonlik bokschi teng kurash olib borgan bo‘lsa-da, mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi. Hakamlarga ko‘ra, 10 raund davom etgan bahsda 96-92, 96-92, 95-93 hisobidagi farq bilan amerikalik bokschi g‘olib deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, amerikalik Maykl Foks bilan yana bir o‘zbek bokschisi Shohjahon Ergashev ham jang olib borgan edi. Raqibiga qarshi 10 raund jang olib borgan AQSHlik bokschi professional ringdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi.
LiveBarchasi