Fayzullayev RPL ramziy jamoasiga kiritildi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev “Match TV” kanali tomonidan tuzilgan Rossiya chempionati 11-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi. Bu haqda telekanal ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Rossiya chempionatining 11-turida SSKA safarda hamshahari “Dinamo” bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Armiyachilar”ning gollaridan biriga 21 yoshli Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi. Shuningdek, Fayzullayev jamoasining boshqa hujumlarini tashkil etishda ham faol harakatlandi. 

Fayzullayevdan tashqari SSKAdan Ivan Oblyakov ramziy jamoadan joy egalladi. Fayzullayev yarim himoyaning chap qanotiga qo‘yilgan bo‘lsa, Oblyakov markaziy pozitsiyani egallagan. 

Hozirda SSKA tarkibida bo‘lib turgan Abbosbek tez orada terma jamoa safiga kelib qo‘shiladi. U 10 va 15 oktyabr kunlari Eron hamda BAAga qarshi bahslarda ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya TsSKA Abbosbek Fayzullaev Ivan Obl'yakov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing