Fayziyev yil jangi haqida fikr bildirdi

Sport

image

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev joriy yilning aprel o‘yida o‘tkaziladigan amerikalik bokschilar Jervonta Devis va Gayan Garsiya o‘rtasidagi jang haqida Telegramʼdagi sahifasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

“Profboksda yil jangi yaqinlashmoqda. Yengil vaznlar super yulduzlari Jervonta Devis va Gayan Garsiya 22 aprel kuni to‘qnash keladi. Ikkisi ham bugungi kunda eng talantli bokschilar hisoblanadi”, deydi Fayziyev. 

Shuningdek, mutaxassis bokschilaridan biri professional karerasidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olishini ma’lum qildi.

“Ulardan biri dastlabki mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ladi. Devis - Garsiya jangi media tadbirlari boshlanib ketdi va bokschilar Nyu Yorkda birinchi marta yuzma-yuz keldi. Sterdaun uzoq davom etdi. Ularni yillar davomida uchrashtirishga harakat qilishdi va nihoyat bu ro‘y bergan paytda yig‘ilib qolgan gaplar aytildi. Gaplar tugab, ring hammasiga oydinlik kiritishini kutib qolamiz”, deb qo‘shimcha qildi sharhlovchi.

Ma’lumot uchun, Devis 28 yoshda, u 28 ta jang o‘tkazib , barchasida g‘alaba qozongan, 26 marta raqiblarini nokautga uchratgan. Garsiya esa 24 yoshda, u profboksda 23 jangda qatnashib, barchasida g‘alabaga erishgan, 19 ta bahsda nokaut evaziga raqiblaridan ustun kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing