Favqulodda holatlar qachon, qancha muddatga joriy qilinishi belgilandi
Jamiyat
−
16 dekabr 2021
4130O‘zbekiston Prezidenti kecha, 15 dekabr kuni “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi
Qonunda favqulodda holat fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga va xavfsizligiga, konstitutsiyaviy tuzumga va (yoki) hududiy yaxlitligiga bevosita tahdid soladigan hamda favqulodda choralar qo‘llamasdan bartaraf etish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, alohida hollarda joriy etilishi belgilandi.
Favqulodda holat Prezident farmoni bilan O‘zbekistonning butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etiladi.
O‘zbekistonning butun hududidagi favqulodda holat 30 sutkadan, ayrim joylardagi favqulodda holat esa 60 sutkadan oshishi mumkin emas.
Favqulodda holatni joriy etish maqsadlariga erishilmaganda muddatga uzaytirilishi mumkin.
Favqulodda holat davrida quyidagi choralar va vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin:
- davlat organlari vakolatlarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish;
- harakatlanishga nisbatan cheklovlar;
- jamoat tartibini, o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarni muhofaza qilishni kuchaytirish;
- faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga cheklovlar;
- oziq-ovqatni va eng zarur narsalarni sotish, sotib olish hamda taqsimlashning alohida tartibi;
- yig‘ilishlar, mitinglarni taqiqlash yoki cheklash;
- transportlar harakatini cheklash.
Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha maxsus davlat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi;
- hudud komendaturasi.
Real tashqi xavf bo‘lganida komendantlik soati joriy etilishi mumkin. Bunda qoidalarni buzgan shaxslar komendantlik soati tugaguniga qadar ushlab turiladi.
LiveBarchasi