“Fatzorb” ozdiruvchi dorisida kuchli ta’sir qiluvchi modda aniqlandi
Jamiyat
−
06 yanvar 2023
5646Kecha, 5 yanvar kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari Sergeli tumanida ikki kishi 180 dona “Fatzorb” dori vositasini 600 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushladi. Ulardan birining mashinasida yana 72 dona “Fatzorb” borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ozdiruvchi mahsulot deya sotilayotgan “Fatzorb” tarkibida “Sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi modda bor.
Boshqarma xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda ozdiruvchi mahsulot deya sotilayotgan “Fatzorb” tarkibida “Sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi modda bor.
“Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi”, deya eslatib o‘tilgan xabarda.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.
LiveBarchasi