Fashistlarning o‘lim konslagerida 100 dan ziyod o‘zbekistonlik saqlangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Polshadagi Aushvits-Birkenau (Osvensim) nemis konslageri va o‘lim lagerlari majmuasida saqlangan o‘zbekistonliklarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotning birinchi va eng muhim bosqichi yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasiga tayanib, “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1940-1945–yillarda lager hududiy jihatdan nemislarning Yuqori Sileziya (hozirda Polsha hududida, Krakov shahri g‘arbida — tahr.) joylashgan.

Tadqiqotning oraliq natijalariga ko‘ra, u yerda 100 dan ortiq o‘zbekistonliklar bo‘lgan. Ular lagerga asosan 1941-1942–yillarda tushgan. Bugungi kunda Aushvits-Birkenauda turli sabablardan: ochlik, o‘pka, yurak va oshqozon kasalliklari, sovuqdan vafot etgan 22 nafar o‘zbekistonlik mahbus haqida ma’lumot bor.

Aushvits-Birkenau shahridagi ushbu 22 mahbus haqida batafsil ma’lumotlar — ism-shariflari, tug‘ilgan joyi, kunlari, harbiy qismlarga mansubligi, mahbuslarning shaxsiy raqami, o‘lim sabablari shakllantirilgan.

Xabarga ko‘ra, 5 yil davomida tadqiqotlar O‘zbekistonning Polshadagi va Polshaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari, “Aushwitz-Birkenau Fondation” fondining rahbariyati, loyihani moliyalashtirgan Navoiy viloyati hokimligi, viloyatning bir guruh ixlosmandlari hamda polshalik tarixchi va guvohlarning faol ko‘magi bilan birgalikda olib borilgan.

Aushvits-Birkenau mahbuslarining qarindoshlarini aniqlash bo‘yicha ham ishlar olib borilgan bo‘lib, Navoiy viloyatida o‘lim lagerining 22 nafar mahbusidan ikki nafarining qarindoshlari va avlodlari topilgan.

“Otalari va bobolari taqdiri haqida xabardor bo‘lish ham quvonchli, ham qayg‘uli hodisa bo‘ldi. Oilalar uzoq yillar o‘z bobolarini izlashgani, biroq natijasi bo‘lmaganini ma’lum qildi. Mahalliy qabristonlarda ularning ramziy qabrlarini o‘rnatishga qaror qilindi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hozirda O‘zbekistonning Polshadagi va Polshaning O‘zbekistondagi elchixonalari Polsha Milliy Xotira institutining 60 ga yaqin mutaxassislari, tarixchilari va tadqiqotchilarining 2021 yil oktyabrga rejalashtirilgan O‘zbekistonga tashrifini tayyorlamoqda. Tadbir Toshkentdagi Repressiya qurbonlarini xotirlash davlat muzeyining faol ishtirokida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

353

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing