Farzandlikka olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi
Jamiyat
−
22 oktabr 2021 4520 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti “Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, farzandlikka olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi.
Xususan, hayotga, sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga qarshi, o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq va boshqa bir qator jinoyatlarni qasddan sodir etgan shaxslar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin emas. Ilgari qasddan har qanday jinoyatni sodir etganlar farzandlikka oluvchi bo‘lishi taqiqlangan.
Shuningdek, Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ayrim kasalliklarga chalinganlar ham farzandlikka oluvchi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust