Farzandi bilan uysiz qolgan ayol Senat tomonidan nazoratga olindi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 5-Shirin mahallasidagi “Termiryo‘lchilar” yotoqxonasida istiqomat qilayotgan Gulchinor Umrzoqovaning “temir daftar”ga kiritilmagani va yosh bolasi bilan qiyin ahvolda qolgani aks ettirilgan xabar keng tarqalmoqda. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan hamda senatorlar tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birga joyga chiqqan holda qonuniy ko‘rib chiqiladi.

Senat Axborot xizmati o‘rganishlar natijalari yuzasidan batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing