Farg‘onalik ayol 8 yashar o‘g‘lini sotayotganda ushlandi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatilik ayol o‘z farzandini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda “Bu kun” dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, bir necha yillar davomida chet elda ishlab kelayotgan ayol 8 yoshli o‘g‘il farzandini 15 400 AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Dastlab ayol pullarni dugonasiga yuborganini, ayni vaqtda ularni qaytarib olganini aytgan. Lekin o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda olingan audioyozuvlar ushbu fikrlarni inkor etgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol Farg‘ona tumanidagi ovqatlanish shoxobchalaridan birida bolasi uchun talab qilingan pulning 10 ming 400 AQSH dollarini oldindan olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

“O‘g‘limga sotyapman demadim. Turkiyaga chiqib ketyapman, senga vaqtincha bir oila qarab turadi dedim. Men pushaymonman”, deydi gumonlanuvchi ayol.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning tegishli moddalari tartibida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

306

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing