Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 26 yanvaridan boshlab Farg‘ona – Quvasoy – Qizil-qiya xalqaro yo‘nalishida mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda UzA xabar berdi. 

Transport vazirligiga ko‘ra, 2020 yilgacha mavjud bo‘lgan mazkur qatnov, pandemiya davri cheklovlarida to‘xtab qolgan edi. Umumiy masofa 39,5 kmni tashkil etadi. 

Mikroavtobuslar harakati Qizil-qiya va Farg‘onadan tongi soat 7:20 da boshlanishi belgilangan. 

"Kelgusida aholi talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qatnovlarni ko‘paytirish rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing