Toshkentda yuk avtomobillariga “stoyanka”lar quriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida yuk avtomobillari uchun noqonuniy vaqtincha turish joyi (stoyanka)lar mavjud. Transport vazirligi poytaxtda vujudga kelgan noqonuniy to‘xtash joylarining barchasi o‘rganib chiqdi. 

O‘rganishlarga ko‘ra, ushbu joylarda aksariyat hollarda turli shaxslar tomonidan hech qanday ruxsatsiz xizmat ko‘rsatilib, haq olinayotgani, antisanitariya holatlari mavjudligi, haydovchilar va transport vositalar uchun ilk zaruriy sharoitlar yo‘qligi aniqlandi (transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joyi, haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish joyi, haydovchilar uchun dam olish joylari, transport vositalarini yuvish joylari va hokazo).

Ushbu joylar asosida o‘rnatilgan tartibda jihozlangan (avtomobillarni texnik ko‘rikdan va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish joylari, haydovchilar uchun zarur sharoitlar mavjud), qo‘riqlanadigan, aholiga yuk tashish xizmati bilan shug‘ullanadigan transport vositalari uchun maxsus pullik avtoturargohlar tashkil etish masalasi bo‘yicha Toshkent shahar hokimligiga takliflar kiritildi.

Hozirgi kunda takliflar tegishli idora va tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqilayotgani aytiladi.

Transport vazirligi avtomobil turargohlari, kempinglar va boshqa yo‘l bo‘yi infratuzilma ob’ektlarni barpo etmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga vakolati doirasida yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yangit avtoturargohlar

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar