Farg‘onadagi YTHlarda 2 kishi vafot etdi (video)
3-sahifa
−
25 fevral 2023 6770 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida 2 piyoda o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida Spark rusumli avtomobilini boshqarib kelayotgan haydovchi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 59 yoshli erkak piyodani urib yuborgan. Og‘ir tan jarohati olish oqibatida fuqaro shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Shuningdek, o‘sha kunning o‘zidayoq Farg‘ona shahar “Muruvvat” mahallasida Cobalt rusumli avtomobil haydovchi ayol piyodani urib yuborgan. Oqibatda jabrlangan fuqaro zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. U yerda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan piyoda hayotdan ko‘z yumgan.
Live
Barchasi