Farg‘onadagi muzeyda 2,5 mlrdlik noyob asarlar o‘g‘irlandi

3-sahifa

image

Farg‘onadagi muzeyda umumiy bahosi 2,5 mlrd so‘mlik 70 ta noyob asar o‘g‘irlanib, o‘rniga qalbakisi qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Bosh prokuratura hamda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida o‘rganish ishlari olib borilgan. 

Ishchi guruh tomonidan o‘rganishda muzeyda saqlanayotgan umumiy bahosi 2,5 mlrd so‘mlik 70 ta noyob eksponatlar (ulardan 56 tasi rangtasvir asarlari) qalbakilashtirilgani, muzeyni kapital ta’mirlash uchun byudjetdan ajratilgan 3,1 mlrd so‘m mablag‘ning 1,4 mlrd so‘mi mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlangan. Shuningdek, muzeyda saqlanishi lozim bo‘lgan 1 dona rangtasvir va 1 dona grafika asari topilmagan. 

“E’tiborli tomoni, 2011 yilda muzey tomonidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga jami 21 nomdagi ashyolar berilgan. Ulardan 14 nomdagi ashyolar 2016 – 2020 yillar davomida muzeyga qaytarilgan, ammo qolgan 7 dona rangtasvir asari qaytarilmagan. Hozirgi kunda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ushbu 7 dona rangtasvir asarlari mavjud emasligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing