Farg‘onadagi mahallalardan biri xavfli hudud deb e’lon qilindi
Jamiyat
−
04 noyabr 2021
33179Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi “Azimobod” mahalla fuqarolar yig‘ini xavfli hudud deb e’lon qilindi. Tuman hokimi X. Niyozovning tegishli qarori qabul qilindi.
Bunga Farg‘ona viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining Oltiariq tumanidagi “Azimobod” MFY hududida bir bosh sigirda “quturish” kasalligining qo‘zg‘atuvchi babbesh–negri tanachalari aniqlangani sabab bo‘ldi.
Qaror bilan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga cheklov joriy etilgan hududda quturish kasalligiga moyil bo‘lgan barcha hayvonlarni, klinik ko‘rikdan o‘tkazish dezinfeksiyalovchi vositalar va dezinfeksiya ishlari o‘tkazilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, tuman Ichki ishlar bo‘limiga quturish kasalligi qayd etilgan “Azimobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida quturish kasalligini oldini olish maqsadida daydi va qarovsiz it va mushuklarni tutishda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga yordam berish vazifasi yuklatildi.
LiveBarchasi