Farg‘onadagi ichki ishlar bo‘limidan 20 yoshli yigitning o‘ligi chiqqani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumani ichki ishlar bo‘limiga suhbat uchun olib kirib ketilgan 20 yoshli yigitning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Postda yozilishicha, Quva (Farg‘ona) da 20 yoshli, soppa-sog‘ yigitni IIV hodimlari “suhbat qilish”  uchun olib kirib ketib, o‘ligini olib chiqib bergan. O‘limga sabab qilib, uning “yiqilib tushgani” ko‘rsatilgan.

“Eshitishimcha, niqob bo‘yicha jarima qilishmoqchi bo‘lishganda, 20 yoshli bola va IIB hodimlari orasida biroz tortishuv bo‘libdi. IIB hodimlari yigitning “esini kiritib qo‘yish” maqsadida olib kirib ketgan, ma’lum muddatdan keyin “yiqilib tushib” vafot etgan bolani murdasini olib chiqib berishibdi”, deb yozadi xabar muallifi.

QALAMPIR.UZ voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati bilan bog‘landi. Viloyat IIB tez orada hodisa bo‘yicha rasmiy munosabat bildirilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing