Farg‘onadagi bog‘chadan topilgan jasad kimniki ekani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa 49804
image
-

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida jasad topilganligi haqida xabar bergan edik. Viloyat prokuraturasi bog‘chadan topilgan jasad bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 20 noyabr kuni Qo‘shtepa tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida qorovul vazifasini o‘tab kelgan L.I. MTT hududidagi qorovulxonada vafot etgan holda topilgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, uning o‘limiga o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi va is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 3032
Reyting: 2.9
t
×