Farg‘onadagi bog‘chada 16 tup ko‘pyillik daraxt kesib tashlandi
Jamiyat
−
13 may 2022
3426Farg‘onada maktabgacha ta’lim muassasasi hududidagi 16 tup daraxt o‘zboshimchalik bilan kesib tashlandi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11 may kuni viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga Farg‘ona shahrida joylashgan 12-son maktabgacha ta’lim muassasasi hududida daraxtlar kesilayotgani haqida murojaat kelib tushgan.
Holat joyiga chiqib o‘rganilganda, maktabgacha ta’lim muassasasi hududida 1 dona chinor, 1 dona akatsiya, 6 dona yapon saforasi, 8 dona archa daraxtlari o‘zboshimchalik bilan kesib tashlangani aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-son qarori va Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoniga muvofiq daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llanilishi belgilanganligini inobatga olib, jami 245 565 000 so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Hozirda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
LiveBarchasi