Farg‘onadagi ayolni eri yoqib yubormagani aniqlandi

3-sahifa

image

Avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada erkak homilador ayolini mashinaga solib yoqib yuborgani aks etgan video tarqalgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tomonidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi rahbariyati boshchiligida tezkor-tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari yakunlanib, rasmiy bayonot berildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 24 yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda yuz bergan. Shifoxonadan uyiga qaytayotgan er-xotin mashinada rashk tufayli urishib qolgan. M.U. turmush o‘rtog‘i M.X. bilan gaplashib olish maqsadida, “Matiz” rusumli avtomashinasini Farg‘ona shahridagi “Neftchi” stadioni ro‘parasida to‘xtatgan. 

Shu vaqtda 1987 yilda tug‘ilgan ayol (homilador bo‘lgan) o‘zi bilan uyidan olib chiqqan plastmassa idishdagi “benzin” yoqilg‘isini dastlab turmush o‘rtog‘i M.U.ni, keyinchalik esa o‘zini va avtomashina saloni ichiga sepib, yoqmoqchi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘ining ushbu harakatidan qo‘rqib ketgan M.U. avtomashinadan tushib, tashqariga qochgan vaqtda M.X. yondirgich (zajigalka) bilan o‘zini va avtomashinani yoqib yuborgan.

Chaqiruvga asosan hodisa joyiga yetib kelgan Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yong‘in tezkorlik bilan o‘chirilgan. Tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari tomonidan avtomashina salonida bo‘lgan marhuma M.X.ning yong‘in natijasida tug‘ilgan o‘g‘il jinsli chaqalog‘ini hayoti saqlab qolingan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloq shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing