Farg‘onada jinoiy guruh aniqlandi
3-sahifa
−
31 iyul 22387 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida birovning kvartirasini sotib olib, unga pul bermay, qo‘rqiqtish yo‘li bilan egallamoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro 2024 yilning mart oyida jabrlanuvchining ikki xonali kvartirasini 35 000 dollarga sotib olgan. Pulni esa bir oy muddatda to‘lashni va’da qilgan. Biroq belgilangan muddatda pullarni to‘lash fikridan qaytib, hamtovoqlari bilan ishni hal qilmoqchi bo‘lgan.
U o‘zining 3 sherigi bilan jinoiy reja tuzgan. Rejaga ko‘ra, jabrlanuvchini qo‘rqitish va zo‘rlik ishlatish hamda qarzdan voz kechish holigacha olib kelish kerak bo‘lgan. Buning uchun esa ularning har biri 5000 dollardan pul olishi kerak edi. Oddiy qilib aytganda, 15 ming dollar sarflab, qarzidan qutulib, vaziyatdan foyda bilan chiqish reja qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olingan tezkor ma’lumotlarga asosan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida gumonlanuvchilarning barchasi Farg‘ona shahri hududida aniqlanib, ushlangan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq zararli viruslar orqali fuqarolarning bank kartalari ma’lumotini olib, 1 mlrd so‘mga yaqin pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga tushgandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr