Farg‘onada “zamdekan” va xalq ta’limi bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi 

3-sahifa

image

Farg‘onada talabalarni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pora olgan Rishton tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimi va Farg‘ona davlat universitetining harbiy ta’lim fakulteti dekani o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. 

Unda Rishton tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimi o‘zining tanishi (ayol) bilan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 nafar fuqaroni Farg‘ona davlat universitetining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim hamda huquqshunoslik fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 18 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Boshqa bir holatda esa Farg‘ona davlat universitetining harbiy ta’lim fakulteti dekani o‘rinbosari 4 nafar abituriyentni ushbu fakultetga o‘qishga kirishlarida amaliy imtihonlardan o‘tkazib berish evaziga har bir uchun 5,1 million so‘mdan talab qilib, jami 20,4 million so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. 

Hozirda har ikki holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing