Farg‘onada yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib tushdi

Jamiyat

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib tushgani aks etgan fotoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 fevralida 4 K 923 Yaypan-Rapqon-Beshariq-Chilmaxram avtomobil yo‘lining 25 kilometrida yer osti suvlarining yo‘l qoplamasi ostiga to‘plangani oqibatida o‘pirilish sodir bo‘lgan.

Holat shu kunning o‘zida kerakli kuch-vositalar yordamida bartaraf etilib, avtomobillar qatnovi tiklangani aytilmoqda.

Yo‘ldagi nosozlik tufayli sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida Nexia rusumli transport vositasi haydovchisi dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yengil tan jarohati olgan.

“Hozirda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi boshqarma xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing