Farg‘onada yo‘l qoidasini buzgan YHXB xodimiga chora ko‘rildi
Jamiyat
−
08 iyul 2021 7754 1 daqiqa
Ijtimoy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar bo‘limi YHXBga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobilning yo‘l chizig‘i qoidasiga amal qilmagan holda harakatlangani aks ettirilgan videolavha tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat Farg‘ona viloyati IIB YHXB tomonidan o‘rganilib, yo‘l harakati qoidalarining 3-bandida nazarda tutilgan qoidabuzarlik sodir etgani uchun haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi qoidabuzarlikka befarq bo‘lmagan jamoatchilik nazorati vakillariga minnatdorlik bildirgan.
Live
Barchasi