Farg‘onada yigit sevgan qizini do‘pposladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada yigit sevgan qizini ko‘cha o‘rtasi urib, boshiga tepgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 25 iyun kuni tumanida yashovchi, o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar A.D, va N.T. (ayol) o‘rtasida  rashk tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. Buning ortidan “Navbahor” MFY hududida A.D, N.T. ni qo‘l va oyoqlari bilan urib, tepib voqea joyidan ketib yuborgan. 

Hozirda mazkur xolat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Dang‘ara tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Tekshiruv yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1156

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing