Farg‘onada yangi Damas'lar ortilgan yuk avtomobili YTHga uchradi

3-sahifa

image

Farg‘onada ikki yuk avtomobili va Cobalt to‘qnashdi. Yuk avtomobillarining biriga yangi Damas'lar ortilgan bo‘lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 4 may kuni soat 15:30 larda Uchko‘prik tumanidagi yo‘lda H.A. ismli shaxs MAN rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘zidan oldinda, svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida to‘xtab turgan I.U. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomobiliga ulangan, yengil avtomobillarni tashishga mo‘ljallangan yarim tirkamaning orqa tomoniga urilgan. 

Shuningdek, H.A. zarb oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, o‘zidan oldinda bo‘lgan yana bir haydovchi boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobilning yon tomoniga ham urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi H.A. yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan. To‘qnashuvda ishtirok etgan transport vositalariga hamda yarim tirkama ustiga ortilgan Damas rusumli avtomobillarning to‘rt donasiga texnik shikast yetgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB YHXX xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

775

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing