Farg‘onada voyaga yetmagan bola mashinadan 900 AQSH dollari o‘g‘irladi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida Qo‘qon shahrida avtomashina salonidan 900 AQSH dollari miqdorida pul o‘g‘irlagan voyaga yetmagan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qo‘qon shahrida fuqaro D.O. Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, unda joriy yilning 10 iyun kuni noma’lum shaxs T.Malik ko‘chasi oldida qarovsiz qoldirilgan Mercedes Sprinter rusumli mashinasi salonidan 900 AQSH dollari pullari yo‘qolganini ma’lum qilgan. Tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan J.I. sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing