Farg‘onada vafot etgan shaxslarga pensiya to‘langani aniqlandi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi, Quva va Farg‘ona tuman bo‘limlarida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, o‘rganishda pensiya tayinlash komissiyalari tomonidan hujjatlar to‘liq o‘rganilmagani tufayli byudjet mablag‘lari ortiqcha sarflangani, vafot etgan fuqarolar nomiga 19,6 mln so‘m pensiya to‘langani va boshqa qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Mazkur qonun buzilishlar, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taqdimnoma viloyat prokuraturasi xodimlari ishtirokida boshqarma va uning hududiy bo‘limlari xodimlarning kengaytirilgan yig‘ilishda muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilangan.

Muxokama natijalari bo‘yicha mansabdor va mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing