Farg‘onada o‘qituvchidan dakki eshitgan o‘quvchi qiz derazadan o‘zini tashladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onadagi maktabda o‘qituvchisidan gap eshitgan o‘quvchi qiz derazadan o‘zini tashlab, tashqariga chiqib ketgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur holat Qo‘shtepa tumanidagi 22-maktabda bo‘lib o‘tganligi aniqlangan.

Ammo qiz tarqatilgan ba’zi xabarda aytilganidek o‘zini ikkinchi qavat derazasidan tashlab yuborgan. Holat joriy yilning 23 may kuni ushbu maktabning birinchi qavatida joylashgan kimyo fani sinfxonasida bo‘lgan.

Maktabning 8-sinf o‘quvchisi A.A. dars paytida kalitni uyiga tashab kelish uchun ruxsat so‘ragan.  O‘qituvchi dars tugashiga 5 daqiqa qolganini bildirgan. Biroq o‘quvchi muallima gapiga quloq solmasdan derazadan sakrab, qochib ketgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi uni qayta sinf xonasiga olib kirib tanbeh bergan, biroq o‘quvchi qiz yana derazadan qochib ketgan. 

Shu holat A.A.ning sinfdoshi tomonidan telefonda tasvirga olinib tarqatilgan. 

O‘quvchi A.A. sog‘-salomat hech qanday tan jarohati olmagan. Mazkur holat viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

“O‘rganish davom etmoqda, holat bo‘yicha natijalarini tegishli tartibda yana e’lon qilinishini ma’lum qilamiz”, deyiladi viloyat XTB munosabatida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing