Farg‘onada o‘gay otasi bilan janjallashib qolgan qiz o‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
12 mart 2023
9114Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahrida maktab o‘quvchisi bo‘lgan qiz o‘zini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 14 yoshli qiz D.K. (maktab o‘quvchisi) o‘gay otasi bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Oqibatda u shaharning “Tarona” ko‘chasida joylashgan 16 qavatli uyning tomiga chiqib olgan hamda u yerdan pastga o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.
Voqea joyiga borgan Farg‘ona shahar Ichki ishlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari D.K.ni tomdan sog‘-omon tushirib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi