Farg‘onada tez yordam bemorni tabibga olib bordi (video)
Jamiyat
−
20 noyabr
29857Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tez yordam mashinasi og‘ir ahvoldagi bemorni shifoxonaga emas, tabibga olib bordi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
QALAMPIR.UZ mazkur holat yuzasidan izoh olish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘landi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika tez tibbiy yordam markazining QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, voqea kecha, 19 noyabr kuni sodir bo‘lgan.
“Videolavhada Qo‘qon shahrida yashovchi “qo‘qonlik tabib” I. Soliyev huzuriga tez yordam mashinasida olib kelingan bemor aynan avtotransport vositasi 103 xizmatiga tegishliligi ko‘rsatilgan. Ammo Respublika tez tibbiy yordam markazining o‘tkazgan o‘rganishlari bu da’volarni rad etdi”, deyiladi Respublika tez tibbiy yordam markazi axborotida.
Ma’lum bo‘lishicha, bu mashina 103 xizmatiga tegishli emas.
“Mazkur mashina Toshkentda faoliyat yuritayotgan xususiy klinikalardan birining mulki hisoblanadi. Mashinaning orqa eshigidagi raqami ham u 103 xizmatiga tegishli emasligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, Farg‘ona viloyatidagi barcha tez tibbiy yordam mashinalarida 103 xizmatiga tegishli logotiplar mavjud”, deyiladi axborotda.
Ammo Respublika tez tibbiy yordam markazi fuqaroning va xususiy klinikaning bu xatti-harakatiga hech qanday munosabat bildirmagan.
Farangiz Qosimova
LiveBarchasi