Farg‘onada sog‘lig‘i yomonlashgan haydovchi YTHda vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir etgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 61 yoshli Lacetti haydovchisi O‘zbekiston tumani “Oqtepa” MFY hududidan o‘tgan yo‘lda harakatlanib ketayotganida sog‘lig‘i yomonlashgan. Shunda Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida Spark avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikki nafar 19 yoshli yo‘lovchi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made