Farg‘onada “shoqollar” javobgarlikka tortildi (video)
3-sahifa
−
03 iyul 2024 17889 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda tomosha ko‘rsatgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yilda Quva tumanida tug‘ilgan Farg‘ona shahar Shifokorlar ko‘chasida yashovchi ushbu fuqaro o‘zining Instagram’dagi sahifasida “shoqollar” sarlavhasi ostida zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videolarni joylashtirgan.
Mazkur shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning1891-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘qonda fuqarolarga soxta to‘pponcha o‘qtalib, video olgan blogerga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr