Farg‘onada poyezd Nexia’ni majag‘lab tashladi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida Nexia-3 poyezd tagida qolib ketdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 fevral kuni taxminan soat 22:30 da Oxunboboyev va Marg‘ilon bekatlari oralig‘ida Nexia-3 rusumli yengil avtomobil harakatlanib kelayotgan poyezd tagida qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzib, poyezdni “ilon izi” usulida aylanib o‘tishga uringan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga transportda xavfsizlikni ta’minlash xizmati xodimlari va temiryo‘l mutaxassislari darhol yetib borgan. Yengil avtomobil haydovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, hozirda uning ahvoli aniqlanmoqda. Hozircha hodisaning batafsil tafsilotlari o‘rganib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Uychi tumanida Damas teplovoz yuk vagoniga borib urilishi oqibatida uning haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Farg'ona Nexia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing