Farg‘onada ota o‘z qizlariga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida ota o‘z qizlariga tegajog‘lik qilgani haqida videoxabar tarqaldi. Qizlarning onasi eri uni urib, ko‘chaga haydab yuborganini aytgan. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Oltiariq tumanida yashovchi H.Yu.ning turmush o‘rtog‘i  U.Yu. muqaddam Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasiga (yengil tan jarohati yetkazish) asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shunga qaramay, voyaga yetmagan qizini urib, tan jarohati yetkazgani uchun unga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov jarayonlari olib borilgan. Ish jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, unga nisbatan tegishli jazo tayinlanganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, U.Yu. o‘z uyida giyohvand vositalarni yetishtirgani yoki iste’mol qilgani hamda o‘z qizlariga nisbatan tegajog‘lik qilgani yuzasidan Ichki ishlar organlariga murojaat kelib tushmagan.

“Shu sababli yuqorida keltirilgan xolatlarga huquqiy baho berish uchun tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deydi Farg‘ona viloyati Matbuot kotibi Ismoil Sharipov.

Xabarga ko‘ra, murojaatda aytilgan IIO xodimlari bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha viloyat IIB tomonidan xizmati tekshiruvi tayinlangan. Mazkur holat Farg‘ona viloyati prokurori va IIB boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1729

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing