Farg‘onada niqob taqmagan qoidabuzarlarni kamera orqali aniqlash boshlanadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 oktyabridan kuzatuv kameralari tibbiy niqob taqmagan fuqarolarni aniqlaydi. Tajriba Farg‘ona viloyatidan boshlanadi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyatda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda karantin tartibini saqlash uchun yangi usul joriy qilinmoqda.

O‘zbekistonda ilk marotaba jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilmay, niqobsiz harakatlangan fuqarolarni video, fotofiksatsiya vositalari orqali aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, fotosuratga olingan niqobsiz fuqaroning shaxsi maxsus baza orqali aniqlanib, IIO va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu bayonnoma fuqaroning yashash xonadoniga pochta orqali yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing