Farg‘onada Nexia traktor bilan to‘qnashdi. Qurbon bor

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida Nexia “TTZ” rusumli traktorning pritsepiga urilishi oqibatida xaydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 25 sentyabr kuni Q.Yo. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini “Qatortol” MFY hududida boshkarib ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan X.Sh. boshqaruvidagi “TTZ” rusumli traktorning pritsepiga urilishi oqibatida, Nexia avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi I.Sh. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, Nexia rusumli avtomashinasi xaydovchisi Q.Yo. va yo‘lovchilar M.M. hamda U.T. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing