Farg‘onada MAN ag‘darilib, yo‘l chetidagi ikkita mashinaga urildi 

3-sahifa

image

Farg‘onada MAN rusumli yuk avtomobili ag‘darilib, yo‘l chetidagi Lacetti va Cobalt'ga borib urildi. Oqibatda haydovchilardan biri vafot etdi. 

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi bugun, 14 may soat taxminan 00:30 larda Marg‘ilon shahar hududidan o‘tgan 4R102 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining 228-kilometrida sodir bo‘lgan.

1997 yilda tug‘ilgan haydovchi MAN rusumli yarim tirkamali yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib ag‘darilgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan Lacetti va Cobalt rusumli avtomobillarga borib urilgan. 

Buning oqibatida Lacetti va Cobalt haydovchilari tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Lacetti 2 haydovchisi esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan MAN rusumli yuk avtomobili haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing