Farg‘onada ko‘mirni talon-toroj qilgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yettita mahallaga ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilgani aytilayotgan omborxona mudiri qo‘lga olindi.Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, holat Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Unga ko‘ra, “K.T.” MCHJ Farg‘ona viloyati filiali So‘x ko‘mir ombori mudiri va tumandagi boshqalar yettita mahalla uchun ajratilgan ko‘mirlarni go‘yoki aholiga yetkazib berilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirgan. Ma’lum qilinishicha, ular jami 300,5 tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Shahboz Abdusattorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing