Farg‘onada qirg‘iz, tojik, o‘zbek vakillari ishtirokida biznes forum o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Farg‘ona shahrida Farg‘ona (O‘zbekiston), Botken (Qirg‘iziston) va So‘g‘d (Tojikiston) viloyatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat hokimligining  ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 22 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati gubernatori Omurbek Suvanaliyev va  Tojikistonning So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi ikki qo‘shni davlat viloyatlari rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiyalar Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi.

Delegatsiya hamkorligida 23 aprel kuni "Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi" mavzusidagi xalqaro biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Xabarda aytilishicha, biznes-forum doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik bo‘yicha yig‘ilishlar hamda “B2B” va “G2B” shakllaridagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Tashrif doirasida uch chegaradosh viloyat rahbarlarining muzokaralari ham ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillarining Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasida ishtirok etishi, viloyatdagi yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi majmualari faoliyati bilan tanishishi ham rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprel kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanidan So‘xga boruvchi Qirg‘iziston orqali o‘tadigan yo‘lning ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Orzugul Akramovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing