Farg‘onada qassob kushxonasida o‘ldirib ketildi
3-sahifa
−
07 iyun 2022
19936Farg‘ona viloyatining Quva tumanida 37 yoshli qassob uyidagi kushxonada o‘ldirib ketildi. Bosh prokuratura Matbuot kotibiga ko‘ra, qassobning jasadi 5 iyun kuni uyiga tutash kushxonadan topilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida qassob bo‘yin old yuzasi yuqori qismidagi mushaklari qon tomirlari shikastlanishi ortidan qon ketishi natijasida vafot etgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, murda ko‘zdan kechirilganda boshqa tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar ham aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan haqiqatni aniqlash maqsadida bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib, uni jinoyat qurboni bo‘lganligini aniqlash imkoni yo‘qligini inobatga olib, 6 iyun kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi