Farg‘onada qariyb $300 mingni chetga noqonuniy olib chiqib ketayotganlar ushlandi 

3-sahifa

image

Farg‘onada qariyb 300 ming AQSH dollarini Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan T.J. Qo‘qon shahrida hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqarodan 152 ming 663 AQSH dollarini olgan. 

Shundan so‘ng, u Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazish maqsadida, Farg‘ona tumanida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan R.R.ga yetkazib berish uchun ketayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Shuningdek, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasiga yaqin bo‘lgan Farg‘ona tumanining Mindon qishlog‘ida kutib turgan R.R. ham ushlangan.

Boshqa bir holatda esa Farg‘ona tumanida yashovchi, M.Sh. Farg‘ona shahrida fuqaro A.T.dan 140 ming 54 AQSH dollarini olib, Qirg‘iziston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxsga yetkazib berish maqsadida “Farg‘ona-Vodil” yo‘nalishida davlat chegarasi tomon harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, A.T. ham qo‘lga olingan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing